Buxoro yangiliklari

Buxorolik 60 yoshdan oshgan faxriy futbolchilar O‘zbekiston chempionati finaliga yo‘l oldi

Buxoro faxriy futbolchilari chempionligi uchun futbol kubogi
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Futbol bo‘yicha 60 va undan yuqori yoshdagi faxriy futbolchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining hududiy bosqichi yakunlandi. Unda Buxoro jamoasi chempion bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Hududiy turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati vakillari ishtirok etdi. Musobaqa 60 yosh va undan katta futbolchilardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazildi.

Faxriy futbolchilar turnirining sovrinlari

Buxorolik faxriy futbolchilar raqiblarini ortda qoldirib, hududiy bosqich g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija ularga O‘zbekiston chempionatining respublika final bosqichida qatnashish huquqini berdi.

Faxriy futbolchi taqdirlanmoqda

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni Buxoro viloyati jamoasi egalladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi ikkinchi, Navoiy viloyati vakillari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hududiy bosqich ishtirokchilari

Buxoro jamoasi chempionlik kubogi bilan birga respublika final bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Endi buxorolik faxriy futbolchilar mamlakat chempionatining hal qiluvchi bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

Buxoro faxriy futbolchilari chempionlik kubogi bilan

Buxoro faxriy futbolchilar jamoasi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.