Buxoro yangiliklari

Olotlik duradgor oyiga qariyb 40 million so‘mlik mahsulot tayyorlamoqda

olot cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Olot tumanining “Oq oltin” mahallasida yashovchi duradgor Sherbek G‘afforov buyurtmachilar talabiga mos eshik va deraza romlarini tayyorlab, mahallada yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tarixiy va an’anaviy qadriyatlarga boy xalq amaliy hunarmandchiligi zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashib, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda. Duradgorlikni puxta egallagan ustalar sifatli mahsulot tayyorlash bilan birga ustoz-shogird an’anasini ham davom ettirmoqda.

Olotdagi duradgorlik sexi

 

Sherbek G‘afforov bundan ikki yil avval “G‘afforov Elyor” yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini yo‘lga qo‘ygan. U tashkil etgan sexda eshik va deraza romlari, shuningdek, boshqa yog‘och buyumlar tayyorlanib, aholi buyurtmalari bajarilmoqda.

Duradgorlik uchun tayyorlangan yog‘ochlar

 

Usta kasbni, avvalo, otasidan va ustozlaridan o‘rganganini aytadi. Hozir sex Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskuna va dastgohlar, frezer hamda boshqa texnologik vositalar bilan jihozlangan. Bu qo‘l mehnatini kamaytirib, zamonaviy andozalar asosida romlar tayyorlash va buyurtmachilarga yetkazib berish imkonini bermoqda.

Deraza romiga ishlov berish jarayoni

 

To‘rt kishilik sexda haftasiga o‘rtacha 10–15 dona eshik va qariyb 30 dona deraza romi tayyorlanmoqda. Bir oyda qariyb 40 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xaridorlarga yetkazib berilmoqda.

Duradgorlik sexidagi uskunalar

 

Kundalik buyurtmalar aholining talab va istaklaridan kelib chiqib, zamonaviy yondashuv asosida bajarilmoqda. Eshik va romlarga zamonaviy hamda milliy uslubdagi naqsh va shakllar berilishi, yog‘och va boshqa xomashyolar sifatiga e’tibor qaratilishi mahsulotlarga talabni oshirmoqda.

Tayyorlanayotgan yog‘och eshik

 

Sherbek G‘afforovning faoliyati sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, yoshlarga kasb o‘rgatish va mahallada bandlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Olotdagi eshik tayyorlash jarayoni

 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.