Buxoro yangiliklari
Buxoro aeroportida umra ziyoratchilari firibgarlardan ogohlantirildi
So‘nggi paytlarda ayrim fuqarolar “Umra” ziyoratini noqonuniy turfirmalar orqali amalga oshirib, Saudiya Arabistonida muammolarga duch kelayotgani va ziyorat amallarini to‘liq ado eta olmasdan aeroportlarda sarson bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan Buxoro viloyati IIB va Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida manzilli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Buxoro xalqaro aeroportida tashkil etildi. Unda safarga otlanayotgan ziyoratchilarga noqonuniy va litsenziyasiz turfirmalar xizmatidan foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar tushuntirildi.
Mutasaddilar fuqarolarga turfirmaning maxsus litsenziyasi mavjudligini oldindan tekshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘liq kafolatlanganiga ishonch hosil qilish va norasmiy takliflardan ehtiyot bo‘lish zarurligini batafsil tushuntirdi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “Haj” va “Umra” safarlariga borish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qilishni tavsiya etdi. “Umra” safarini xususiy sektor orqali tashkil etish rejalashtirilganda esa faqat maxsus litsenziyaga ega turfirmalarni tanlash lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, shartnoma va to‘lov hujjatlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish, shubhali shaxslarga ishonmaslik hamda safar oldidan barcha hujjatlarni sinchiklab tekshirish qat’iy tavsiya etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi






