Buxoro yangiliklari

Kogon tumanida 4 ta sport inshooti va 3 ta vorkaut maydoni barpo etildi

kogon sport 61024 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kogon tumanida sport infratuzilmasini rivojlantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari ma’lum qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda tumanda 4 ta sport inshooti va 3 ta vorkaut maydoni barpo etilib, sportchilar va yoshlarning mashg‘ulot o‘tashi uchun yangi sharoitlar yaratildi.

Kogon tumanida sport sohasi vakillari bilan uchrashuv

2026-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining ikkinchi mavsumida sport yo‘nalishidagi qiymati 1,6 milliard so‘mlik loyiha g‘olib deb topildi.

Kogon tumanidagi sport sohasi tadbiri

Ayni paytda Kogon tumanida 53 nafar malakali sport murabbiyi faoliyat yuritmoqda. Ularning 17 nafari oliy, 22 nafari esa birinchi toifali murabbiy hisoblanadi.

Kogon tumanidagi sportchilar va murabbiylar

Tumandagi 570 nafar sportchi turli sport razryadlariga ega. Ularning 24 nafari “O‘zbekiston Respublikasi sport ustasi”, 11 nafari esa “Xalqaro toifadagi sport ustasi” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Kogonlik sportchilarni taqdirlash marosimi

Ustoz va murabbiylar kuni arafasida bir guruh iqtidorli sportchilar hamda ularning murabbiylari erishgan natijalari uchun taqdirlandi. Tadbirda sportchilar yutuqlari va murabbiylarning yoshlarni tayyorlashdagi hissasi e’tirof etildi.

Kogon tumanidagi sportchi va murabbiylar taqdirlandi

Taqdirlanganlarga esdalik sovg‘alari hamda jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari topshirildi.

Sport sohasi vakillariga mukofotlar topshirildi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.