Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi qurilish maydonlarida chang-to‘zonning oldi olinmoqda
![]()
Buxoro shahridagi qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish, chang-to‘zonning oldini olish va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mutaxassislar qurilish tashkilotlarining mas’ul xodimlariga obyektlarda chang ko‘tarilishini cheklash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish zarurligini tushuntirmoqda.

Qurilish maydonlari va ularga tutash hududlarni muntazam namlab turish tavsiya etildi. Bu ishlar changning havoga ko‘tarilishini kamaytirishga xizmat qiladi.

Qurilish materiallarini belgilangan tartibda saqlash, ish jarayonida hudud ozodaligiga rioya qilish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.

Tashkilotlarga qurilish ishlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ekologik ta’sirni imkon qadar kamaytirish choralarini ko‘rish lozimligi eslatildi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbirlar shahar havosi sifatini yaxshilash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


