Buxoro yangiliklari
Buxoroda 103 nafar xotin-qizga tadbirkorlikni boshlash uchun bilim va uskunalar beriladi
Buxoro viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj 103 nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish va barqaror daromad manbaiga ega qilishga qaratilgan “Iqtisodiy mustaqil ayol – farovon oila sari” loyihasi boshlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Loyiha viloyat hokimligining ijtimoiy buyurtmasi asosida, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Dastur Buxoro va Kogon shaharlari, Peshku, Buxoro hamda Qorovulbozor tumanlarida yashovchi, kasb-hunarga ega bo‘lsa-da ishsiz yoki doimiy daromad manbai bo‘lmagan 103 nafar xotin-qizni qamrab oladi. Ishtirokchilar ochiqlik, shaffoflik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida saralab olinadi.

Xotin-qizlar tadbirkorlik asoslari, biznes-reja tuzish, moliyaviy savodxonlik, marketing, soliq va huquqiy munosabatlar, mahsulot hamda xizmatlarni bozorga olib chiqish yo‘nalishlarida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Buning uchun beshta nazariy va amaliy o‘quv-trening o‘tkazilib, ularga biznes-trenerlar, bank va soliq sohasi mutaxassislari jalb etiladi.

O‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, biznes-rejasi ma’qullangan ishtirokchilar loyiha byudjeti doirasida faoliyat yo‘nalishiga mos zamonaviy uskunalar va mehnat qurollari bilan ta’minlanadi. Bu ularga olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, o‘z ishini boshlash va dastlabki daromadini shakllantirish imkonini beradi.

O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi boshqaruv raisi Mamlakat Sodiqovaning qayd etishicha, loyiha bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab maqsadli hududlarda ehtiyojmand xotin-qizlar aniqlanib, so‘ng ular uchun o‘quv-treninglar tashkil etiladi.
Loyiha doirasida mikrobiznes va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarning o‘zini o‘zi band qilishi, barqaror daromad manbaini shakllantirishi hamda mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining barqarorligi va ishtirokchilarning iqtisodiy natijalari loyiha yakunlanganidan keyin ham ikki yil davomida monitoring qilinadi. Shu tariqa dastur bir martalik yordam bilan cheklanmay, uzoq muddatli natijaga erishishni maqsad qilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


