Buxoro yangiliklari
Shofirkonda qariyb 100 nafar ayol saratonni erta aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
2026-yil 25-sentyabr kuni Shofirkon tumani Markaziy poliklinikasida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Poliklinika rahbari Abror Hamroyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda qariyb 100 nafar xotin-qiz malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘riklarga ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika akusher-ginekologlari Shahlo Ramazonova va Dilorom Mahmudova boshchilik qildi.

Ko‘rik davomida ayollarga onkologik kasalliklarni erta aniqlash, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tish va profilaktika choralariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


