Buxoro yangiliklari
Romitanda to‘y marosimidagi janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Romitan tumani “Xosa” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va mahalla faollari ishtirokida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holati muhokama qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Muhokamada Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari, viloyat IIB tegishli bo‘linmasi rahbari, Romitan tumani IIB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, bosh imom-xatib hamda mas’ul tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Qayd etilishicha, 2026-yil 24-sentabr kuni soat 21:30 lar atrofida Romitan tumani “Xosa” qishlog‘idagi xonadonlardan birida o‘tkazilayotgan to‘y marosimida janjal kelib chiqqan. Mahallada yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan S.O. tanishi I.M. bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uning bosh qismiga qo‘li bilan zarba bergan.

Hodisa oqibatida I.M. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishining og‘ir darajasi, chap chakka suyagi sinishi va bosh miya gematomasi kabi hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohatlarini olgan.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan S.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchi ilgari ham shu turdagi jinoyat uchun sudlangan.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan har bir qonunbuzarlikdan tegishli xulosa chiqarish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Muhokama jarayonida mahalla faollari, oqsoqollar va yoshlar ishtirokida mazkur salbiy holat keskin qoralandi. To‘y va boshqa marosimlarda spirtli ichimliklar ta’sirida yuzaga keladigan nizolarning oqibatlari haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, ota-onalar va jamoatchilik vakillariga farzandlar tarbiyasi hamda nazoratiga befarq bo‘lmaslik, nizoli vaziyatlarning oldini olishda mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


