Buxoro yangiliklari
Missisipi Milliy gvardiyasi delegatsiyasi Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Bobbi Djinn boshchiligidagi delegatsiya Buxoroda bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Delegatsiya a’zolariga Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov hamda mas’ul mutasaddilar hamrohlik qildi. Xorijiy mehmonlar uchun Buxoro shahrining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida delegatsiya a’zolari Ark qal’asi va Poyi Kalon majmuasida bo‘lib, Buxoroning ko‘p asrlik tarixi hamda betakror me’moriy obidalari bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar qadimiy savdo toqlari va Labi Hovuz majmuasini ham ko‘zdan kechirdi. Ularga shaharning milliy qadriyatlari hamda hunarmandchilik an’analari haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya milliy hunarmandchilik markazlariga tashrif buyurib, mahalliy ustalarning amaliy san’at namunalari va an’anaviy mahsulotlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mehmonlarga Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va Sharq madaniyati taraqqiyotida tutgan o‘rni, boy tarixiy-madaniy merosi hamda turizm sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.

Tashrif O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni kengaytirish va Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qilishi qayd etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


