Buxoro yangiliklari

Buxoro davlat tibbiyot institutida dual ta’lim elementlari amaliyotga tadbiq etilmoqda

cover 1515
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan dual ta’lim elementlari qo‘llanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi PF–209-son Farmoniga muvofiq, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida, bitiruvchilarni ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Buxoro davlat tibbiyot institutida dual ta’lim amaliyoti

Dual ta’lim nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini mehnat bozori talablariga mos shakllantirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Institutda bitiruvchi bosqich talabalari oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlarida amaliyot o‘tamoqda. Nazariy mashg‘ulotlar an’anaviy tartibda olib borilib, amaliy tayyorgarlik talabalar yashash hududiga yaqin tibbiyot muassasalarida butun o‘quv yili davomida tashkil etiladi.

Talabalarning faoliyati institut va amaliyot bazalaridagi mas’ul rahbarlar tomonidan nazorat qilinadi. Mutaxassislar ularga bemor bilan muloqot qilish, tashxis qo‘yish, profilaktika tadbirlarini rejalashtirish hamda klinik qarorlar qabul qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatadi.

Bunday klinik amaliyot bo‘lajak shifokorlarda mustaqil fikrlash, bemorlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish va turli vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish malakasini rivojlantiradi.

2027/2028-o‘quv yilidan joriy etiladigan rasmiy dual tizim esa ish beruvchi buyurtmasi, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma va kelgusidagi ishga joylashish sharti bilan mavjud amaliy tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Institut rektori, professor Shuhrat Teshaevning qayd etishicha, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish tibbiy ta’lim sifati va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga, birlamchi bo‘g‘inni malakali kadrlar bilan ta’minlashga yordam beradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.