Buxoro yangiliklari
Suxrob Umarov Buxoro viloyati hududiy qurilish nazorati inspeksiyasi (“GASN”) rahbari etib tayinlandi
Buxoro viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi.
Umarov Suxrob Latifovich Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Suxrob Umarov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish va saqlash ishlari nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Endilikda u Buxoro viloyatida qurilish obyektlarida belgilangan talab va me’yorlarga rioya etilishi, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligi yo‘nalishidagi nazorat ishlarini muvofiqlashtirishga rahbarlik qiladi.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va saqlash yo‘nalishida orttirilgan tajriba yangi lavozimdagi faoliyatida ham muhim o‘rin tutishi kutilmoqda.
Buxoroisharif.uz jamoasi Suxrob Umarovni yangi lavozim bilan tabriklab, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


