Buxoro yangiliklari
Buxoro paxtasiga xalqaro bozorda talab oshmoqda
Buxoro paxtasiga xalqaro bozorda talab ortmoqda. Barqaror paxtachilik standartlari va xalqaro sertifikatlar to‘qimachilik mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Uchinchi bor o‘tkazilayotgan “Yirik fermer xo‘jaliklari” haftaligi doirasidagi tadbir paxta yetishtirishda yetakchi bo‘lgan yetti mamlakat — Avstraliya, Braziliya, Gretsiya, Turkiya, Ispaniya, AQSH va O‘zbekiston vakillarini bir davraga jamladi.
Loyiha tashabbuskori bo‘lgan BSI paxtachilik sektorini barqaror rivojlantirish yo‘nalishidagi yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi. Ushbu jamiyatga a’zolik o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining jahon bozorlariga chiqishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Xabarda qayd etilishicha, yil boshidan buyon xalqaro sertifikatga ega korxonalar soni 11 taga yetgan. Shu davrda Yevropa mamlakatlariga amalga oshirilgan eksport hajmi 19 foizga oshgan.
Yil yakuniga qadar BSI sertifikatiga ega korxonalar sonini 20 taga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur standart va talablarga muvofiq paxta ekiladigan maydonlar hajmini 32 ming gektarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


