Buxoro yangiliklari
Buxorodagi ikkita bog‘chada “Anji Play” metodikasi joriy etilmoqda
Buxoro shahridagi 50-sonli hamda Buxoro tumanidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Xitoyning ilg‘or tajribasi asosidagi “Anji Play” ta’limiy va rivojlantiruvchi yondashuvi joriy etilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.

Mazkur zamonaviy yondashuvda erkin o‘yin bolaning rivojlanishidagi muhim vosita sifatida qaraladi. Jarayon davomida bolalarga mustaqil tanlash, izlanish, tajriba qilish va o‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Natijada bolalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish, ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirish, jismoniy faollik va harakat ko‘nikmalarini mustahkamlash, muloqot qilish va jamoada ishlash hamda muammolarga yechim topish kabi muhim kompetensiyalar shakllantiriladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


