Buxoro yangiliklari

Kogondagi uch qishloqda 3 ming metrdan ziyod ichki yo‘l asfaltlashtirildi

road cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Kulolon, Qozoqovul va Rabotipoyon qishloqlarida 3 ming metrdan ziyod ta’mirtalab ichki yo‘lni asfaltlashtirish ishlari yakunlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ishlar Prezidentning 2021-yil 18-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bajarildi. Islom taraqqiyot banki guruhi ishtirokidagi mazkur loyiha doirasida tumanda yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash davom etmoqda.

Kogon tumanida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish — 1

Yo‘lsozlik-ta’mirlash ishlarini “Gazli yo‘l qurish-ta’mirlash” MChJ mutaxassislari maxsus texnika va mexanizmlar yordamida belgilangan talablar asosida amalga oshirdi.

Kogon tumanida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish — 2

Ta’mirlashdan oldin yo‘llarning mavjud holati atroflicha o‘rganilib, asos qismi qayta tekislandi. Keyin texnik talablar bo‘yicha mustahkam poydevor qatlami shakllantirilib, asfalt qoplamasi yotqizildi.

Kogon tumanida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish — 3

“Bahouddin Naqshband” mahallasida 1 136 ta xonadonda 5 400 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hozirga qadar faollar barcha xonadonlarni xatlovdan o‘tkazib, aholining ijtimoiy ahvolini uyma-uy o‘rgangan.

Kogon tumanida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish — 4

O‘rganishlarda aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolar bilan birga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, yo‘llarni ta’mirlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kogon tumanida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish — 5

Hokimlik matbuot xizmati yo‘l va infratuzilmaga oid bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sharoitini yuksaltirish va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishini qayd etdi.

Kogon tumanida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish — 6

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.