Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonning Gajdumak va Bo‘lakiyon mahallalarida vorkaut maydonchalari ochildi
G‘ijduvon tumanining Gajdumak va Bo‘lakiyon mahallalarida zamonaviy vorkaut maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Ular aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tumanda qurilish-bunyodkorlik ishlari yil davomida olib borilmoqda. Turar joylar va ko‘p qavatli xonadonlar bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy soha inshootlarini kengaytirish, mukammal ta’mirlash hamda qo‘shimcha binolar qurish ishlari davom etmoqda.

Viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmasi va “Qishloq qurilish loyiha” davlat muassasasi loyihasi asosida Gajdumak, Bo‘lakiyon, Chag‘dari va boshqa aholi maskanlarida maktabgacha hamda maktab ta’limi muassasalarini ta’mirlash, qo‘shimcha o‘quv binolari va sport majmualari qurish, hududlarni obodonlashtirishga e’tibor qaratilmoqda.

Gajdumak mahallasidagi 7-sonli umumta’lim maktabi 640 o‘ringa mo‘ljallangan. Yangi o‘quv yiligacha bu yerda mingdan ortiq o‘quvchi moslashtirilgan sharoitda tahsil olib kelgan.

Yoz oylarida maktabda uch qavatli, 540 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etildi. Shuningdek, yosh sportsevarlar uchun stadion qurildi. Buning uchun mahalliy byudjetdan 10 milliard so‘m ajratilgan.

Gajdumak va Bo‘lakiyon mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yangi sport maydonchalarining ochilishida mahalla faollari, sportsevar yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maydonchalar zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan. Bu yoshlarning vorkaut bilan muntazam shug‘ullanishi va jismoniy chiniqishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


