Buxoro yangiliklari
Buxoroning uch tumanida bepul dori berilishi tekshirildi: 8 ta poliklinika o‘rganildi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarida “Reimbursatsiya dasturi” bo‘yicha 28 turdagi dori vositasining aholiga bepul berilishi tanlanma asosida o‘rganildi. Jami sakkizta oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha bosh mutaxassisi Farrux Ismatov Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
O‘rganish ishlari sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 16-sentabrdagi 395-XS-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirildi. Aniqlangan xato va kamchiliklar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda rasmiylashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Asosiy e’tibor fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, dori vositalari va tibbiy xizmatlarning belgilangan tartibda taqdim etilishini nazorat qilish, manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratildi.
Joriy yilning sentabr oyida vazirlikning Buxoro viloyati bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan aholining jami 10 ta murojaati ham o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan tegishli tibbiyot muassasalaridagi holatlar tahlil qilindi. Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda bo‘limlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom ish muhitini shakllantirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va kasbiy etika talablariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida sifatli, ochiq va shaffof tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda ularga murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda. Farrux Ismatov qayd etishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish qonunbuzilishlarni aniqlash bilangina cheklanmaydi: xavflarni oldindan baholash, ularning sabablarini bartaraf etish va shaffof boshqaruv muhitini yaratish ham zarur.
Kelgusida tibbiyot muassasalaridagi korrupsiyaviy xavflarni muntazam baholash, aholi murojaatlarini chuqur tahlil qilish, muammolarning takrorlanish sabablarini o‘rganish va bartaraf etish, xodimlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot hamda tushuntirish ishlarini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Dori vositalari bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish, davlat xaridlari, kadrlar bilan bog‘liq jarayonlar va korrupsiyaviy xavf bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarda ichki nazorat mexanizmlari takomillashtiriladi. Aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va xolis ko‘rib chiqish hamda tibbiyot muassasalarida shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifalar bo‘lib qoladi. Korrupsiyadan xoli tizim aholining ishonchi, tibbiy xizmat sifati va inson salomatligini ta’minlashning muhim omili sifatida ko‘rsatilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


