Buxoro yangiliklari

Buxoroda 50 million so‘mlik kredit bilan ochilgan avtoustaxona shogirdlar tayyorlamoqda

hamid cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro shahridagi «Hamid Olimjon» mahallasida Azamat Berdiev avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonasini tashkil etdi. Uning faoliyati bir necha oilaga daromad keltirmoqda, ustaxonada esa «ustoz-shogird» an’anasi asosida yoshlar kasb o‘rganmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Namozgoh ko‘chasida yashovchi tadbirkor hokimning mahalladagi yordamchisi tavsiyanomasi asosida tijorat bankidan 50 million so‘m kredit oldi. Ushbu mablag‘ hisobidan sex uchun zarur uskuna va dastgohlar xarid qilindi.

Hamid Olimjon mahallasidagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi

Ustaxonada avtotransport vositalarining kuzovi va elektr tizimini sozlash, avtogen hamda elektr payvandlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Usta ayni paytda bir necha shogirdni ham tayyorlamoqda.

Hamid Olimjon mahallasidagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi

Avtomashina sozlovchilari kundalik buyurtmalarni tez va sifatli bajarib, mijozlar ishonchini qozonish hamda ularning safini kengaytirishga intilmoqda. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, kichik sexning servis faoliyatidan bir oyda 50 million so‘mgacha daromad olinmoqda. Loyiha va barqaror daromad manbai bir nechta oilaning moddiy manfaatdorligini ta’minlamoqda.

Hamid Olimjon mahallasidagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi

Bugungi kunda «Hamid Olimjon» mahallasida 1 074 ta xonadon va 1 296 ta oila mavjud. Ularda jami 3 500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Hamid Olimjon mahallasidagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi

Hududda xizmat ko‘rsatish, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik iqtisodiy «drayver» yo‘nalishlari sifatida rivojlantirilmoqda. Yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar aholi bandligini oshirish va mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.