Buxoro yangiliklari
“Buxoro renessans silk” 2,8 million dollarlik mahsulot eksport qildi
![]()
“Buxoro renessans silk” korxonasida hozirgacha 166 tonna pilla xomashyosi qayta ishlanib, 2,8 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulot eksport qilindi. Hozirda bu yerda 200 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Korxona “Buxoro brilliant silk” negizida 2026-yil avgust oyida tashkil etilgan. “Akbarjon barakat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Nodir Hamdamov loyihaga 7 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan.

19-oktabr kuni viloyat hokimi Botir Zaripov korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. Taqdimotda faoliyatni kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi imkoniyatlarni ishga solish masalalari ko‘rib chiqildi.

Korxona to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 900 tonna pillani chuqur qayta ishlash hamda 1,5 million pogon metr tabiiy ipak va mato ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Eksport hajmini 30 million AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha to‘liq quvvatda ishlaganda 580 ta doimiy va 16 mingta mavsumiy ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Bu, ayniqsa, pillachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi va qishloq joylardagi mehnat resurslari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Belgilangan quvvatlarni ishga solish uchun infratuzilmani yaxshilash zarur. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq yo‘lga qo‘yish maqsadida 800 metr tabiiy gaz tarmog‘ini tortishga ehtiyoj mavjud. O‘rganish davomida korxonani kengaytirish bilan bog‘liq vazifalar, mavjud masalalar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Hokimlik qayd etishicha, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi Buxoroda yetishtirilayotgan pillaning iqtisodiy qiymatini oshirishga xizmat qiladi. Loyiha viloyatning sanoat va eksport salohiyatini mustahkamlash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.

-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


