Buxoro yangiliklari

Buxoro IIB xodimi Xudoyor Ibroyimov sambo böyiça jahon çempionatida bronza medal oldi

24 sambo cover
Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Buxoro viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvçi safarbarlik otryadi xodimi, katta serjant Xudoyor Ibroyimov sambo böyiça kattalar örtasidagi 50-jahon çempionatida bronza medalini qölga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Yubiley çempionati 6–8-noyabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötdi. Boşqarma ma’lumotiga köra, unda dunyoning 101 ta mamlakatidan qariyb 700 nafar samboçi qatnaşib, iştirokçilar kölami böyiça rekord körsatkiç qayd etildi.

Sambo böyiça jahon çempionatidan IIB taqdim etgan asl fotosurat

Xudoyor Ibroyimov 98 kilogramm vazn toifasida bellaşdi. Murosasiz keçgan bahslar yakunida u uçinçi örinni egallab, jahon çempionati sovrindoriga aylandi.

Sambo böyiça jahon çempionatidan IIB taqdim etgan asl fotosurat

Musobaqada Özbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumuş va 9 ta bronza — jami 16 ta medalni qölga kiritdi. Bu natija bilan jamoa sambo vatani sanalgan Rossiya hamda Gruziya terma jamoalaridan söng umumjamoa hisobida uçinçi örinni band etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.