Buxoro yangiliklari
Buxorolik chempion «Osiyo bolalari»
Xabaringiz bor ayni kunlarda Vladivostokda “Osiyo bolalari” o‘yinlari bo’lib o’tmoqda. Bugun mazkur musobaqada kurash sporti bo’yicha gilamga chiqgan ikki nafar buxorolik sportchilarimiz raqiblarini ortda qoldirib oltin medalni qo’lga kiritishdi. Bular Dilnura Salohiddinova (+63 kg) hamda Bahrom Asadov (-50 kg) dir.
Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni buxorolik Uzukjamol Yunusova VII “Osiyo bolalari” sport musobaqasining boks yo‘nalishi bo‘yicha final jangida ishtirok etib raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida oldinroq xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, 27-iyul kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida oʻsmirlar oʻrtasidagi (14-16 yosh toifasida) “Osiyo bolalari” sport festivaliga start berilgan bo‘lib, unda 2 000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Musobaqada ishtirok etuvchi davlatlarning umumiy soni 14 ta davlatni tashkil qilmoqda.
Medallar sportning 19 turi: badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, kurash, futzal va boshqa sport turlari boʻyicha oʻynaladi.
Musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida oʻtkaziladi.
Oʻyinlarning ochilish va yopilish marosimlari “Fetisov Arena” konsert-sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Mazkur festival oʻz ishini joriy yilning 8-avgustga qadar olib boradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi