Sport
Jalolidinovning «narxi»
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinovning «Bunyodkor»dan «Lokomotiv»ga transferi tafsilotlari aniq bo‘ldi.
«Match TV» tarqatgan xabarga ko‘ra, «temiryo‘lchilar» mazkur transferni amalga oshirish uchun «Joint Industries Limited Partnership» (Shotlandiya) kompaniyasiga 850.000 yevro miqdorida pul to‘lab berishgan.
«Loko» futbolchi uchun «Bunyodkor»ga 130.000 yevro to‘lagan. Shu tariqa, agentlar xizmati uchun to‘langan pul o‘yinchining narxiga nisbatan 6,5 baravar ko‘p bo‘lgan.
18 yoshli Jaloliddinov 2020 yilning yozida «Lokomotiv»ga o‘tgan edi. U moskvaliklar safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmasdan, «Tambov»ga ijaraga berib yuborildi. Tambovliklar safida Jasur bitta o‘yinda ishtirok etdi. Uning «Loko» bilan shartnomasi 2025 yilga qadar tuzilgan.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


