Hodisalar

Turkiyada adashganlar

photo 19

Loading

Turkiyaning Konya viloyati politsiyasi tezkor guruhi xodimlari 2,5 oylik kuzatuvlar ortidan xorijlik ayollar orqali intim xizmatlar taklif qilish bilan shug‘ullangan 5 nafar shaxsni qo‘lga oldi.

Bu haqda «Hürriyet» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aniqlangan manzillarda 2 to‘pponcha va narkotik moddalari ham topilgan. Tezkor tadbir davomida 4 nafar turk fuqarosi va 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh. I. qo‘lga olingan.

Fohishalik qilishga majburlangan ayollar orasida bir nafar turk va 11 nafar o‘zbek ayoli bor. Politsiyada ko‘rsatma bergan ayollar guruh a’zolari ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitishganini ta’kidlagan.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zosi Sh. I. o‘zbek ayollarga ish topib berishni va’da qilib, ularni o‘ziga qarzdor qilib, pasportlarini olib qo‘ygan va fohishalik qilishga majburlagan.

Ayni paytda o‘zbek ayollarini vatanga qaytarish uchun Konyadagi Migratsiya bo‘limi tegishli ishlarni amalga oshirmoqda. 5 kishilik jinoiy guruhga nisbatan qator ayblovlar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni o‘zbekistonlik ayollarni Istanbulda fohishalik qilishga majburlagan guruh qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, Reyd davomida jinoiy guruhning boshqaruvchilaridan iborat 16 gumondor, fohishalik qilishga majbur qilingan 17 nafar ayol va 9 nafar mijoz, jami 42 kishi qo‘lga olingan. Operatsiya o‘tkazilgan manzillarda 63 ming lira (84 million so‘m) va giyohvand moddalari topilgan.

Avvalroq Samarqandda 12 nafar qizni fohishalik qilishga majburlagan ayol qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzaxda ayollarni xorijga fohishalikka yuborgan 22 yashar yigit, Samarqandlik ayolni Dubayga oshpazlikka chaqirib, fohishalikka majburlagan ayol qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgandi.

Foto/manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.