Buxoro yangiliklari

«Qotil» poyezd

photo 20

Loading

Buxoro viloyati Kogon tumanida 18-dekabr kuni poyezd temir yo‘lni kesib o‘tayotgan noma’lum ayolni bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga shu kuni soat 23:35 da Buxoro 1-temir yo‘l bekati navbatchisi telefon orqali murojaat qilib, mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Buxoro 1-bekati 42-raz’ezd oralig‘ida 53-sonli Nukus–Buxoro–Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi noma’lum ayol kishini urib yuborganligi haqida xabar bergan.

Tezkor guruh tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida shu kuni soat 23:18 da «O‘zbekiston» lokomotiv deposiga qarashli 53-sonli yo‘lovchi poyezdi Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli yo‘lda harakatlanib ketayotgan vaqtida 33 yoshli ayolni urib yuborgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 1987-yilda tug‘ilgan ayol 2 nafar farzandning onasi bo‘lib, Buxoro viloyati Kogon tuman kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlagan. U Kogon tumanida muntazam istiqomat qilib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq shuningdek, Buxoro tumanida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 69 yoshli erkakni poyezd bosib ketgani xabar berilgan.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.