Jahon
AQSh xatosi
AQShning koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy xatosi aytildi.
Entoni Fauchining qo‘shimcha qilishicha, virusga qarshi choralarning, xususan, niqob taqishning siyosiylashtirilishi ham mamlakatning andemiyaga qarshi kurashishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Alohida shtatlarning harakatlaridagi nomuvofiqlik va koronavirusga qarshi kurashda yagona yondashuvning yo‘qligi AQShning pandemiyadan boshqa mamlakatlarga nisbatan kuchliroq jabr ko‘rishiga olib keldi. AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi ana shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda CNN.
Fauchining ta’kidlashicha, pandemiya shtatlar orasidagi chegarani bilmaydi, shuning uchun unga qarshi kurash choralarida muayyan bog‘liqlik talab qilinadi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim shtatlar harakatlarida sezilarli tafovutlar ko‘zga tashlandi va virus tarqalishini to‘xtatishda yagona yondashuv bo‘lmadi.
«Qo‘shma Shtatlarning eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatga aylanishiga ko‘plab omillar sabab bo‘ldi, ammo shtatlarning turlicha yo‘l tutishlari pandemiyaga qarshi kurashdagi eng ojiz tomonimiz bo‘ldi», — dedi Fauchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, virusga qarshi choralarning, xususan, niqob taqishning siyosiylashtirilishi ham mamlakatning andemiyaga qarshi kurashishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 19 milliondan oshgan. Mamlakat kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi