Buxoro yangiliklari
Peshko‘lik sportchi qizlar og‘ir atletikada g‘olib bo‘lishdi
Kuni kecha og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida peshko‘lik sportchilarimiz Barchinoy Eshqulova (71 kg vazn toifasida) dast ko‘tarishda 87 kg, siltab ko‘tarishda 100 kg, ikki kurashda 187 kg tosh ko‘tarib 1-o‘rinni, Madonna Karimova eng yosh sportchi sifatida (76 kg vazn toifasida) dast ko‘tarishda 77 kg, siltab ko‘tarishda 101 kg, ikki kurashda 178 kg tosh ko‘tarib, faxrli 2-o‘rinlarni qo’lga kiritishdi.
Buxorolik sportchi qizlarimizni munosib g‘alabalari bilan tabrilaymiz!
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, ogʻir atletika – har xil vazn toifalarida ogʻir narsalar (shtanga, tosh) koʻtarishda musobaqalashish sport turidir. Ogʻirliklarni koʻtarish mashqlari qadim zamonlardan maʼlum. Rasmiy musobaqalar esa 1860-yillardan (birinchi marta AQSh da) oʻtkazib kelinadi.
Hozirgi vaqtda shtangani ikki qoʻllab dast va siltab koʻtarish (1972-yildan) ogʻir atletikaning asosiy mashqlari hisoblanadi. Dast koʻtarishda sportchi shtangani toʻxtatmay bir harakat bilan, siltab koʻtarishda — ketma-ket ikkita harakatda — avval koʻkrakka olish, keyin esa yuqoriga choʻzilgan qoʻllarga koʻtarishni amalga oshiradi.
Ogʻir atletikachilarni (1977-yildan) 10 vazn toifasiga (52 kg gacha — 110 kg dan yuqori) ajratadilar. Ogʻir atletika 1896-yildan Olimpiada oʻyinlari (1900-, 1908- va 1912-yildan tashqari) dasturiga kiradi. 1896-yil 1-Yevropa chempionata, 1898-yil 1-jahon chempionata boʻlib oʻtgan.
Oʻzbekistonda birinchi Ogʻir atletika toʻgaragi 1917-yilda Toshkent shahrida ochilgan, u “Toshkent ogʻir atletika jamiyati” deb atalgan. Oʻzbekistonda Ogʻir atletikaning asoschisi Feoktist Gorizdro qisoblanadi. Oʻzbekistonda Ogʻir atletika federatsiyasi 1992-yildan faoliyat koʻrsatadi. U Xalqaro Ogʻir atletika federatsiyasi — IWf ga (1993-y), Osiyo Ogʻir atletika federatsiyasiga (1994-y) aʼzo. Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi har yili kattalar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini oʻtkazadi. Andijon, Toshkent viloyatlari, Toshkent va Samarqand shaharlarida Ogʻir atletika keng ommalashgan. Ogʻir atletika seksiyalarida 7 000 ga yaqin kishi muntazam shugʻullanadi. Xalqaro toifadagi sport ustalari Erkin Karimov (jahon rekordchisi, 1968-y.), Isroil Isoqov, Noil Muhamadyorov (olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindorlari, 1988-y.), Sergey Sirsov (jahon chempioni, 1991-y., Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori, 1992-y.), Igor Sodiqov (jahon chempioni, 1991-y.) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Igor Xalilov (yoshlar oʻrtasida Yevropa, jahon chempioni, 1992-y., Osiyoning 2 karra chempioni 1997, 2000) Oʻzbekistonning eng kuchli ogʻir atletikachilaridir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi