O‘zbekiston
Yangi yildan pensiya puli oshishi rostmi?
Bundan bir necha kun oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi, – deya xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi.
Unga muvofiq, 2023-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.
Pensiya jamg‘armasining tushuntirishicha, yangi tartib nafaqat 2023-yil 1-yanvardan keyin pensiyaga chiqadigan fuqarolar uchun, balki 2023-yil 1-yanvardan oldin tayinlangan pensiyalar uchun ham tatbiq etiladi.
Ya’ni o‘rtacha ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobari (bugungi kunda 3 240 000 so‘m) dan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyasi 2023-yil 1-yanvardan qayta hisoblanadi.
Shunda o‘rtacha ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 3 888 000 so‘m bo‘ladi.
Natijada, 352 000 dan ortiq fuqaroning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi va kelgusi yilda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi