Buxoro yangiliklari
Buxorolik bokschilar Andijondagi xalqaro turnirda g‘oliblar qatorida
Xabaringiz bor, shu kunlarda Andijon viloyatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy V. I. Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro boks musobaqasibo‘lib o‘tmoqda. Unda boks bo‘yicha Buxoro viloyati kattalar terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishmoqda.
Quvonarlisi kecha, 4-oktabr kuni o‘tgan bahslarda buxorolik azamatlat – Bekzod Hamidovda kumush, Saidjamshid Jafarov va Odiljon Aslonovlar esa oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, boks (inglizchadan “box” — mushtlash, zarb) – ancha ommalashgan sport turi bo‘lib, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkama-yakka mushtlashish musobaqasidir. Uning tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunonistonning qadimgi Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy boksning vatani esa Angliyadir (16—17-asrlar). Mazkur sport turining dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867-y.).
1946-yil asos solingan Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA) 160 mamlakat aʼzo (1999-y.) hisoblanada. Boks 1904-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-yildan jahon chempionati, 1979-yildan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.
Boks musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6×6 m oʻlchamli ring (supa) da oʻtkaziladi. Bokschilar ogʻirligi 270 gr bo’lgan qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 daqiqadan 4 raund davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, bosh, tananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijalarga ko‘ra, eng koʻp ochko (xol) toʻplagan bokschi gʻolib deb topiladi.
Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan bokschining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 soniya vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa, referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengilganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqni tashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon oqishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi