Islom
Men katta gunoh qildim. Endi men uchun tavba bormi?
Imom Termiziy rivoyat qiladi: Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«– Ey Allohning Rasuli! Men katta gunoh qildim. Endi men uchun tavba bormi?», – dedi.
«– Sening onang bormi?», – dedilar.
«– Yo‘q» dedi.
«– Sening xolang bormi?», – dedilar.
«– Ha», – dedi.
«– Unga yaxshilik qil…», – dedilar».
Sharh: Onaga yaxshilik qilish qanchalik ulug‘ ish ekanini qarang! Bu ish gunohlarni mag‘firat qilinishiga ham sabab bo‘lar ekan. Agar onaning o‘zi o‘tgan bo‘lsa, onaning singlisiga yaxshilik qilish ham gunohlarni mag‘firat qilinishiga sabab boʻladi. Farzand ota-ona xizmatida doimo shay turishi, hatto mushrik bo‘lsalar ham ularning roziligini topishi, vafotlaridan so‘ng shariat hukmiga ko‘ra haklarini ado etishi lozim bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyot: «Hadis va Hayot» kitobi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi