Hodisalar

Xaker hujum qildi!

photo 44

Loading

Surxondaryo viloyati hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi.

Xakerlar viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklanganligini aytmoqda.

6 yanvar kuni Surxondaryoda viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari xakerlar hujumiga uchraganligi ma’lum qilindi. «Clone Security» guruhi ushbu hujumni o‘z zimmasiga olgan. Viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu xabarni tasdiqlab, hozirda tuzatish ishlari ketyotganligini ta’kidladi.

Viloyat hokimligi saytidan tashqari Sho‘rchiJarqo‘rg‘onQumqo‘rg‘onSherobodOltinsoyMuzrabotDenovUzunAngor va Qiziriq tumanlari hokimliklari saytlari ham xakerlar hujumiga uchragan.

Xakerlar saytda qoldirgan xabarida butun viloyat hokimligi tizimiga kirishganligini, viloyat hokimi «yaxshi mutaxassislarga e’tibor qaratmasa», uning yopiq qaror va farmoyishlarini e’lon qilinishi aytilgan.

photo 45

«Clone Security» guruhi yuborgan murojaatida viloyat hokimligi AKT bo‘limida ishlaydigan xodim ikki hafta oldin hokimlik ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘z ish kabinetida o‘zaro kelishmovchilik sabab kaltaklaganligi aytilgan.

Ishlar boshqarmasi boshlig‘i AKT bo‘limi xodimiga Surxondaryo viloyati hududidan chiqib ketish shartini qo‘yganligi aytilmoqda.

18 dekabr kuni holat yuzasidan xodim prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingan, deyiladi guruh murojaatida.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.