Sport
Qorako‘llik maktab o‘quvchisi kikboksing bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi
Qorakoʻl tumanidagi 15-IDUM ning Milliy gvardiyaga biriktirilgan 9-harbiy yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchisi Ulugʻbek Bohodirov Kikboksing boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining “Lou-Kik” yoʻnalishida 42 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik raqibi Yerdos Yerdenni 3:0 hisobida magʻlub etib, tarixda ilk bor yoshlar oʻrtasida Jahon chempioniga aylandi.
Qayd etib o‘tish kerakki, Kikboksing (inglizchada “kick” – tepmoq, “boxing” – boks) – sport turi bo‘lib, ikki sportchining maxsus himoya vositalarini taqqan (kiygan) holda va belgilangan qoidalar asosida boks ringiga yoki oʻlchami 6×6 maydon (tatami)da g‘oliblik uchun kurashadi.
Kikboksing musobaqalari zarba berish bilan farqlanadigan 9 yoʻnalishda oʻtkaziladi. Ringda oʻtadigan musobaqalarda erkaklar 53.5 kg , 56.5 kg , 60 kg, 64.5 kg, 67 kg, 70 kg, 72.5 kg, 76 kg, 82 kg, 88.5 kg dan ziyod, ayollar 53.5 kg, 58 kg, 64.5 kg, 64.5 kg dan ziyod, tatamida oʻtadigan musobaqalarda erkaklar 60 kg, 65 kg, 70 kg, 75 kg, 80 kg, 85 kg, 85 kg dan ziyod, ayollar 50 kg, 55 kg, 60 kg, 65 kg, 70 kg, 70 kg dan ziyod vazn toifalarida kuch sinashadilar. Musobaqa 2 daqiqadan 3 boʻlim (raund) davom etadi (tanaffus 1 daq). Raqibga berilgan zarbalar I, 2 va 3 ochko bilan baholanadi. Kikboksingda ham hakamlar tomonidan nokdaun va nokaut qayd qilinadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga qarab aniqlanali. Hisob tengligi holatida oyoq bilan koʻproq zarba bergan g‘olib sanaladi. Agar bu zarbalarning soni ham teng boʻlsa, unda oyoq bilan murakkab zarba bergan sportchi golib hisoblanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi