Buxoro yangiliklari

Dazmol kerak emas. Dazmollashni yoqtirmaydigan insonlar uchun tavsiyalar

photo 888

Loading

Dazmollangan kiyimlarni tartib bilan kiyish tashqi ko‘rinishda ahamiyatga ega. Ko‘plab insonlar dazmol qilishni emas, dazmol qilingan kiyimlarni kiyishni yoqtiradi. Tajribali uy bekalari foydalanadigan, dazmollashni yoqtirmaydigan insonlar uchun 3 ta layfxakni taqdim etamiz.

G‘ijim bo‘lmaydigan matolardan tikilgan kiyimlarni tanlang
Yangi kiyimlarni tanlashda, zig‘ir tolali va yumshoq matodan tayyorlangan narsalarga e’tibor bering, ular yuvilganda silliqlashadi, faqat kiyimni ilgichga osib qo‘yish kerak. Paxtali matodan tikilgan kiyimlar ham silliq bo‘lish xususiyatiga ega.

Kiyimlar qurigandan so‘ng darhol ularni osib qo‘ying
Kiyimlaringizni kir yuvish mashinasida yuvgandan keyin barabanda qoldirib ketasizmi? Bu odatni unuting. Nam kiyimlar kir yuvish mashinasi ichida qancha uzoq qolsa, shunchalik g‘ijim bo‘ladi.

Bug‘dan foydalaning
Ko‘pchilik bug‘li dazmolning afzalliklarini uzoq vaqtdan beri qadrlashdi va uni ishlatishadi. Biroq shunga o‘xshash prinsipga ko‘ra kiyimlarni tekislash mumkin va juda oson. Hammomda kiyim ilgichga kiyimingizni osib qo‘ying, issiq suvni oqizib qo‘ying va eshikni yoping. Qisqa vaqt ichida bug‘ matoning burmalarini ideal tarzda tekislaydi va kiyimlarga dazmol ishlatmasa ham chiroyli ko‘rinadi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.