Texnologiyalar

Xitoyda 50°C gacha isituvchi sharf ishlab chiqarishdi

photo 894

Loading

Yil oxiri odatda 0 °C dan past haroratda sovuq ob-havo bilan belgilanadi. Haroratning pasayishiga qo‘shimcha ravishda yomg‘ir, qor va kuchli shamollar ham bo‘ladi. Qishga tayyorgarlik arafasida Xiaomi kompaniyasi isitish funksiyasiga ega “aqlli” Smart heating sharfini taqdim qildi. U poverbankdan quvvat oladi va bir necha soniya ichida 50°C darajagacha isita oladi. DuPont Sorona Aura bio-momig‘i esa haroratni saqlab turadi.

Shuningdek, mazkur sharfning isitish elementlari qizib ketish va qisqa tutashuvlardan himoyalangan bo‘lib, IPX7 standarti bo‘yicha namlikdan himoyasi ham mavjud. Agar nosozlik bo‘lsa, aksessuar favqulodda o‘chish rejimiga ega.

Xitoyda sharf qariyb $25 narxda sotuvga chiqarilgan, to‘plamda 5 000 mA*s poverbanki ham bor.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.