Buxoro yangiliklari

Uyda gultuvakda marixuanna yetishtirgan buxorolik qo‘lga olindi

photo 897

Loading

Joriy yilning 17-noyabr kuni IIB tomonidan “Qoradori-2022” tezkor tadbiri o‘tkazildi.

Olingan tezkor xabarga asosan, soat 13:00 larda Buxoro tumanidagi “Bog‘idasht” mahallasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan S. A. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechiriladi. Natijada fuqaro 2 dona gultuvakda jami 4 tup “Kannabis” (Buxoro viloyati ekspert kriminalistika markazining xulosasiga ko‘ra) o‘simligini ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan S. A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.