O‘zbekiston
TV dagi saviyasiz ko‘rsatuvlar…
Mirziyoyev mahalla faoliga: «Hozir siz aytgan ko‘rsatuv bo‘yicha topshiriq bersam, darrov o‘sha loyihani yopib yuborishadi…»
O‘zbekiston telekanallaridagi turli yengil-elpi, saviyasiz dastur va ko‘rsatuvlar — bugungi o‘tish davrining bir mahsuloti. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni Yunusobod tumani faollari bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Uchrashuvda tumandagi mahallalardan birining faoli so‘zga chiqqan va xususiy telekanallarda namoyish etilayotgan bir dasturda qizlar o‘zini yigitlarga tavsiya qilishi ko‘rsatilayotganini aytib, prezidentga ushbu ko‘rsatuvni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qilgan.
«Telekanallardagi ko‘rsatuvlarning ko‘pini oila davrasida ko‘ra olmaysiz. Yoshlarning saviyasi, ma’naviyatini oshiradigan loyihalar kam, aksariyat ko‘rsatuvlar oshpazlik, qaynona-kelin mavzusidagi shoular. Qaysidir xususiy telekanaldagi bir ko‘rsatuvda qizlar o‘zini yigitlarga tavsiya etadi, yigitlar esa ularni tomosha qilib, yakunda bu qizlarga sovchi yuborishi yoki jo‘natmasligini aytadi. Bu mentalitetimizga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Fikrlarim inobatga olinib, qandaydir o‘zgarishlar kuzatilsa, xalqimiz ma’naviyati, yoshlar tarbiyasiga katta foyda bo‘lardi, deb o‘ylayman», — deb fikr bildirgan mahalla faoli.
Shavkat Mirziyoyev mazkur taklifga munosabat bildirarkan, bugun yengil-elpi ko‘rsatuvlarni butunlay to‘xtatish to‘g‘risida emas, balki ularning saviyasini oshirish haqida o‘ylash muhimroq ekanini qayd etdi.
Men har safar chiqishlarimda aytaman — biz 20 yil bilimga e’tibor bermadik. Agar 20 yil ichida maktabda ko‘proq ma’naviyat, tarbiya bo‘lganida edi, bugungi hayotimiz yanada rivojlangan bo‘lardi. Bizning buyuk bobolarimiz bo‘lgan-ku, ular dunyoni tebratgan-ku. Lekin biz ajdodlarimizga munosib avlod tabriyalash uchun katta e’tibor qaratmadik.
O‘ylab ko‘ringlar, bizda avvallari xususiy telekanallar bu darajada ko‘p emas edi va ularga bugungidek erkinlik berilmagan. Boshqa davlatlarda xususiy telekanallar 60, 100 yildan beri bor. O‘zim ham har kuni kechqurun davlat telekanallarigacha ko‘rib boraman. Ayrim boshlovchilarning bergan savoli yoki qo‘shiqlardagi ma’no-mazmun umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Mana, hozir siz aytgan ko‘rsatuv bo‘yicha topshiriq bersam, darrov o‘sha loyihani yopib yuborishadi. Ammo bu senzura deya baholanmaydimi, ochiqlik va so‘z erkinligi bo‘yicha qilayotgan islohotlarimizga o‘zimiz qarshi chiqqan bo‘lib qolmaymizmi? Saviyasiz deb yopib yuborgan ko‘rsatuvlarimizning o‘rniga qanday loyihalar yaratiladi, ularni boshlovchi sifatida kimlar olib boradi?
O‘ylaymanki, bu kabi loyihalar ham bugungi o‘tish davrining bir mahsuloti. Odamlarimiz endi emin-erkin yashashga o‘rganyapti. Biz yengil-elpi ko‘rsatuvlarni butunlay to‘xtatish to‘g‘risida emas, balki saviyasini oshirish haqida o‘ylashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi