Buxoro yangiliklari

Buxoroga Eronning Semnan provinsiyasi hokimi tashrif buyurdi

photo 914

Loading

Buxoro va Eronning Semnan viloyati o‘rtasida birodarlashuv munosabatlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Eronning Semnan provinsiyasi hokimi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroda bo‘lishdi. Buxoro viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Suhrob Bobokalonov bilan o‘tgan uchrashuvda Semnan shahrining taqdimoti hamda sayyohlik imkoniyatlari namoyish etildi.

“– Semnan viloyati 2 600 yoshda, bu yerning aholisi ham Buxoroning aholisi soniga teng. Bizda ham 800 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud. Bu qadimiyligini yo‘qotmagan bir joy. Semnan hokimiyati esa 96 yoshda. Yetti irmoqdan iborat ushbu go‘sha hozirga qadar o‘z jozibasini yo‘qotmagan va xorijliklar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, oddiygina 63 000 yillik tepaliklarimizni olsak, bilishimcha Buxoroda ham bu kabi joylar talaygina. Xullas, Buxoro va Semnanning o‘xshashlik joyi juda ko‘p. Biz ham turizm, ham tijorat, ham ta’lim va qator sohalarda hamkorlik qilishni istardik. Chunki buning uchun barcha imkoniyatlar yetarli”, – dedi Xuseyn Musavi, Semnandagi Osiyo shaharlari va ipak yo‘li hamkorlik ofisi raisi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga Buxoroning boy madaniy merosi haqida so‘zlovchi kitob sovg‘a qilindi. O‘z navbatida eronlik delegatlar ham esdalik sovg‘alari taqdim etishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.