Buxoro yangiliklari

Amir Temur nega Buxorodan o‘tayotganda, askarlarga ustidagi changlarni qoqmaslikni buyurgan?

photo 915

Loading

Aytishlaricha, o‘zining navbatdagi yurishlaridan biriga otlangan Amir Temur Buxoroi sharifdan o‘tayotganda, baland bir devor ustida eski kiyimlar silkinib, qoqilayotganini ko‘radi. Bu chang-to‘zon askarlarning ust-boshiga qo‘nar, bundan norozi askarlar kiyimlarini qoqayotgan odamlarni jerkib, to‘xtatmoqchi bo‘ladilar.

Bu voqeadan xabar topgan Amir Temur qo‘shinni orqaga qaytarishni buyuradi, devor ustidagi odamlarga esa kiyimlarini qattiqroq qoqishini tayinlaydi.

Askarlar chang-g‘ubor ostidan qayta o‘tar ekanlar, sohibqiron “– Hech kim ustiga tushgan changni tozalamasin”, – deb amr etadi.

O‘sha paytda biror kishi bu qarorning sababini so‘rashga botinolmaydi. Faqatgina keyinchalik, jangdagi g‘alabadan so‘ng Amir Temurdan Buxoroda bo‘lib o‘tgan chang voqeasi haqida so‘rashganda, shunday javob bergan ekan:

“– Bu chang Xo‘ja Bahouddin Naqshband hazratlarining muborak kiyimlarining changi yedi. Shayxning hatto kiyimidagi changi ham tabarruk degan ekan”, – degan buyuk sarkarda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.