Buxoro yangiliklari

Yerdan noqonuniy foydalangan 2 456 nafar buxorolik jarimaga tortildi

photo 963

Loading

Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joylarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, maqsadsiz foydalanishga chek qo‘yish, qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rib borilmoqda.

“— Agentlikning hududiy shahar va tuman inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yer maydonlarini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 2 456 nafar huquqbuzarga nisbatan 7 000 000 000 so‘mdan ortiq jarima qo‘llanilib, shundan 2 400 000 000 so‘mdan ortiq qismi undirilgan. Bundan tashqari, jarima jazosi qo‘llanilgan shaxslar tomonidan jarimalarni belgilangan vaqtlarda to‘lamaganligi sababli 738 ta tegishli hujjat Majburiy ijro byurosiga jarimalarni undirish uchun yuborilgan”, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i Shavkat Abdullayev

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasi, 2-qismiga asosan yuritilgan ishlarning 215 tasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan birinchi marta sodir etilganligi va o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasini qaytarganligi, oqibatlarini bartaraf etgani uchun huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik ishi tugatilgan va ma’muriy jazodan ozod etilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.