Buxoro yangiliklari

Avariyani rasmiylashtirish uchun kelgan “GAI” xodimlari mashinasini boshqa mashina orqadan kelib urib ketgan

photo 134 1

Loading

Kecha, 16-dekabr kuni soat 16:10 larda “Cobalt” rusumli avtomashina va yo‘l harakati xavfsizligi xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etilgani yuzasidan xabar internetda tarqaldi

Aniqlanishicha, kecha Buxoro tumani “Turkon” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 253 km da fuqaro Sh. E. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina va fuqaro R. Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur holatni rasmiylashtirish uchun hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan Buxoro viloyati IIB JXX YHXB 2-safarbar guruh yo‘l-patrul xizmati inspektorlari safdorlar Y. Haydarov va T. Isoyevlar, tergov-tezkor guruhi kelguniga qadar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida o‘zlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan «80 | 534 VSF»raqamli avtomashinani hodisa sodir bo‘lgan joyda yo‘lning qatnov qismida qolgan “Nexia-3” rusumli avtomashinaning orqa tomonida mayoqchalarini yoqib qo‘yadi.

Bir muddat vaqtdan soʻng 2001-yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan, Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti talabasi I. S. ismli shaxs “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan YHX xizmat avtomashinasining orqa qismidan kelib urib yuborgan.

Holat sodir bo‘lgan vaqtda safdorlar Y. Haydarov va T. Isoyevlar xizmat kiyimida, xizmat vaqtida, hushyor holda, avtomashina boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari to‘liq yonida bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi hamda Buxoro tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.