Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonlik 17 yoshli qiz o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan yigitni “shantaj” qilib, pul talab qildi

photo 986

Loading

Buxoro viloyati IIB joriy yilning 9-dekabr kuni G‘ijduvon tumani “Dilkusho” mahallasida 17 yoshli H. Sh. ni qo‘lga oldi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Gap shundaki, H. Sh. hali voyaga yetmagan qiz tumandagi “Zarangari” mahallasida yashovchi A. B. ismli yigit bilan tanishib, ishqiy munosabatda bo‘lgan va ma’lum muddat ushbu munosabatlarni davom ettirgan. Uning asl niyati esa keyinroq ayon bo‘ladi.

Ehtiroslar biroz so‘nib, es–hushini yig‘ib olgan H. Sh. munosabatlaridan foydalanib, “shantaj” yo‘liga o‘tadi. U yigitdan pul talab qilib, aks holda o‘rtalaridagi aloqalari haqida oila a‘zolariga aytib berish bilan qo‘rqitadi.

Lekin, qiz yigit kishini bunaqa voqealar oshkor bo‘lishi bilan qo‘rqitish biroz mushkul bo‘lishini tushunmagan, nazarimizda. Sababai, tuman IIB ga qiz tomondan yozilgan ariza ham bizning yigitni dovdiratmaydi. Chunki, unga H. Sh. ning asl maqsadi ma’lum edi. U o‘z “stavka” sini $3 000 ga baholaydi va A. B. ga arizasini aytarib olishi hamda da’vo va eʼtirozi yo‘qligini yozib berish evaziga pulni berishni aytadi.

Oxir-oqibat H. Sh. Buxoro viloyati IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda $1 000 ni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ayni damda esa mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi, 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.