Salomatlik

Nima uchun tomoqda yutinganizda o‘tkir og‘riq paydo bo‘ladi va uni qanday davolash mumkin?

photo 992

Loading

Yutinish paytida tomoqdagi o‘tkir og‘riqlar bir qator kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Uni yengillashtirishning usullari mavjud, lekin birinchi navbatda yallig‘lanishga nima sabab bo‘lganini aniqlash kerak. Ko‘pincha tomoq og‘rig‘i O‘RVI bilan birga kuzatiladi. Ushbu kasallikka burun oqishi, isitma va umumiy holsizlik ham qo‘shiladi.

Tomoq og‘rig‘i quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin:
– angina, bodomsimon bezlar yallig‘langanda. Tomoq og‘rig‘iga qo‘shimcha ravishda, bosh og‘rig‘i, isitma qo‘shiladi;
– paratonzillit — tonzillitning asorati. Kasallik bosh og‘rig‘i, isitma, quloq og‘rig‘i bilan kechadi;
– faringit — tomoqning yallig‘lanishi. Quruqlik va achishish ham kuzatiladi, yutinish jarayoni qiyinlashadi, quloqlar bitishi mumkin;
– faringit — halqumning yallig‘lanishi. Quruqlik va ovoz bo‘g‘ilishi kuzatiladi;
– kekirdak to‘qimalarning yiringli yallig‘lanishi. Tomoq og‘rig‘idan tashqari, harorat ko‘tariladi va burun bilan nafas olish qiyinlashadi;
– yot jismlarning tomoqqa kirishi;
– qizilo‘ngachning kuyishi, shikastlanishi va yallig‘lanishi;
– kekirdak, halqum, qizilo‘ngachda o‘smalar;
– allergik reaksiyalar;
– oshqozon-qizilo‘ngach reflyuksi — bu oshqozon tarkibidagi moddalar qizilo‘ngachga qaytsa. Bu holat jig‘ildon qaynashi, ko‘krak qafasda og‘riqlar bilan birga kuzatiladi.

Ayrim alomatlar o‘xshash, shuning uchun shamollashni boshqa kasallikdan ajratish qiyin. Agar ushbu sabablarning qaysi biri og‘riqni keltirib chiqarganligi haqida aniq tushuncha bo‘lmasa, shifokor bilan maslahatlashib, tekshiruvdan o‘tish kerak.

Tomoqdagi qattiq og‘riqni qanday bartaraf etish mumkin?

Agar yutinish paytidagi og‘riqqa O‘RVI sabab bo‘lsa, uni tezda bartaraf etish mumkin:
– ko‘proq iliq suyuqlik ichish;
– asal va sariyog‘ bilan iliq sut ichish;
– tuz va soda eritmasi bilan chayqash;
– tomoqqa spirtli kompressni qo‘llash;
– tomoqni issiq sharf bilan o‘rab olish;
– ingalyatsiya qilish;
– moychechak yoki kalendula qaynatmasini ichish.

Shuningdek, xonada optimal namlik darajasiga ega bo‘lishini ta’minlash muhim, chunki quruq havo tomoqni bezovta qiladi. Tomoqdagi og‘riqlar bakteriyalar ta’siridan kelib chiqqan bo‘lsa, shifokor antibiotiklarni buyurishi mumkin. Agar biror narsa tiqilishi sabab bo‘lsa, uni tezda olib tashlash muhimdir. Agar buni amalga oshirish qiyin kechsa, darhol tez yordam chaqirish kerak.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.