Buxoro yangiliklari
Buxoroda Ziraat banki filiali ochiladi
Bu haqda kecha, 21-dekabr kuni Ziraat bank Uzbekistan boshqaruvi raisi Zafar Jonpo‘lat boshchiligidagi delegatsiyaning Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.
Muloqotda bankning yangi xizmat ko‘rsatish ofisini ochish, uning hududiy ishtirokini kengaytirish, biznes va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash konsepsiyasi haqida alohida so‘z bordi.
Qayd etilishicha, ofisda yuridik shaxslar o‘z biznesini kengaytirish va modernizatsiya qilish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar olish, eksport-import amaliyotlari, hisob-kitob va kassa xizmatlarini amalga oshirish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jismoniy shaxslar esa uy va xonadonlar, avtomobillar va boshqa iste’mol ehtiyojlari uchun kredit olishlari mumkin bo‘ladi.
“— Hozirgacha qadar Samarqand va Farg‘onada bank ofislarini ochib, mijozlarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatib kelyapmiz. Yaqin kunlarda Andijondda xuddi shunday bank xizmatlari markazimiz ish boshlaydi. Bank ofislarini ochish, har ikki mamlakatda biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yuqori sifatli korporativ va chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish orqali biz, bilim va texnologiyalarimiz bilan o‘rtoqlashish, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligimizni bildiramiz. O‘zbekistonning eng yaxshi banklari qatorida mijozlarga Ziraat bank tomonidan taqdim qilinadigan barcha imkoniyatlar, texnologiyalar, bilimlar, standartlar, boy tajriba, filiallar xizmatini taqdim etish – bankning asosiy maqsadi va muhim vazifasidir”, — deydi Zafar Jonpo‘lat.
Viloyat rahbari mahalliy tadbirkorlar, savdo tarmoqlari va keng aholi vakillari bilan bank xizmatlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik dasturlari doirasida birgalikda ishlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Demak, yaqin orada Ziraat bank Uzbekistan zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda Buxoroda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi