Buxoro yangiliklari

IIB Buxoro shahar Madaniyat bo‘limi hisobchisini oʻz uyida qoʻlga oldi

photo 158 1

Loading

Buxoro shahar Madaniyat bo‘limi 40 yoshli hisobchisi qoʻlga olindi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati. U o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, boshqa bir fuqaroni aldab, uni madaniyat bo‘limiga kutubxonachi vazifasiga ishga kiritishni vaʼda qilgan. Buning evaziga esa 2 200 000 so‘m berishini talab qiladi.

Eng achinarlisi, hisobchi joriy yilning 16-dekabr kuni tezkor tadbir davomida o‘zi yashab kelayotgan uyda ushlangan. Aniqrogʻi, Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublika Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.