Islom

Muhammad s. a. v.: “Mo‘min havas qiladi, munofiq esa hasad”

photo 178 1

Loading

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Mo‘min bandaning ichida Allohning yo‘lidagi chang va jahannam olovi jam bo‘lmaydi. Bir bandaning ichida imon va hasad jam bo‘lmaydi” (Ibn Hibbon “Sahih” da rivoyat qilgan).

Sharh: Bu hadisi sharifga ko‘ra, ikki turdagi narsa qalbda jam bo‘lmaydi:
– Alloh yo‘lida amal qilib, shu asnoda chang yutgan odamning ichiga do‘zax olovi kirmaydi. Bunday banda jahannamdan ozod bo‘lib, jannatga kiradi;
– Mo‘minning qalbida imon bilan hasad jamlanmaydi.

Qalbda iymon bo‘lsa, uni hasad illatidan poklaydi. Bu mo‘min boshqalarga hasad qilmaydi, deganidir. Banda qalbidagi hasad imonni chiqarib yubormasidan, imoni hasadni chiqarishiga erishishi lozim. Zero, hasad bora-bora kishini imondan ham ayrishi mumkin.

E’tibor bersak, bu yerda imon bilan hasad xuddi olov bilan suvdek bir-biriga tamoman zid ekani ma’lum bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam yana shunday deganlar: “Albatta, mo‘min havas qiladi, munofiq esa hasad” (Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan).

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.