Buxoro yangiliklari

Rossiya korxonasi buxoroliklar uchun 60 000 rubl to‘lanadigan ish taklif qilmoqda

photo 1043

Loading

Joriy yilning 13-yanvar kuni soat 11:30 da Rossiya Federatsiyasida qonuniy ishlash istagida bo‘lganlar uchun Buxoro shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” binosida tanlov bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning GK “Velesstroy” korxonasi qurilish sohasi bo‘yicha ishlash istagida bo‘lgan barcha fuqarolarga quyidagi mutaxassisliklarni taklif qiladi:

Ish mutaxassisliklari:
1. Plitka teruvchilar;
2. G‘isht teruvchilar;
3. Beton quyuvchilar.

Ish haqi:
1 soat bajarilgan ish uchun – 190 rubl (45 000-60 000 rubl oyiga);

Ish beruvchi korxona tomonidan:
– yo‘l xarajatlarini to‘lab beriladi;
– patentgacha bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lab beriladi;
– joyida 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi;
– yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Nomzodlarga talablar:
– 22 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
– sudlanmagan bo‘lishi;
– rus tilida boshlang‘ich darajada gaplasha olishi.

Ishlash ruxsatnomasi (patent) ni rasmiylashtirish ishlari Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rniga ketish istagida bo‘lgan fuqarolar 2023-yilning 13-yanvar kuni Xorijga chiqish pasporti va yashil pasportlari bilan birga kelishlari so‘raladi.

Eslatma: mazkur tanlov Rossiyaning GK “Velesstroy” korxonasi va O‘zbekiston Respublikasining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan imzolagan kelishuv shartnomasi asosida o‘tkazilmoqda,

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

Telefon raqamlari: (+998) 65-226-56-99, (+998) 33-634-15-60.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.