Buxoro yangiliklari
Buxoro aeroporti orqali Rossiyaga dron olib ketmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi
Kuni kecha bojxona xodimlari Buxoro aeroporti orqali uchuvchisiz uchadigan apparat (dron) ni noqonuniy saqlab, oʻzi bilan xorijiy davlatga olib chiqishga uringan shaxslar oʻz vaqtida toʻxtatib qolindi.
Jumladan, “Buxoro (Oʻzbekiston) – Sheremetyevo (Rossiya Federatsiyasi)” yoʻnalishida harakatlanayotgan yoʻlovchi shubha uygʻotadi. Uning qoʻl yuklari rentgen tasviri ham noaniq boʻlganligi uchun bojxona xodimlari tomonidan tegishli tartibda qayta nazorat koʻrigidan oʻtkaziladi.
Natijada mazkur fuqaro oʻzi bilan qiymati 35 mln soʻmlik dronni respublika hududidan olib oʻtmoqchi boʻlganligi oydinlashadi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksiga asosan, uchuvchisiz uchadigan apparat (dron) larni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston hududiga olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish — 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning oʻtgan 7 kuni davomida “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan jami 2 ta holatda uchuvchisiz uchadigan apparatni noqonuniy saqlash bilan bogʻliq qonunbuzarlik oldi olingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi