Buxoro yangiliklari

Buxoro savdo majmuasidagi doʻkondagi yechinish xonasida faxsh ish bilan shugʻullangan hindistonlik juftlik qoʻlga tushdi

photo 190 1

Loading

Kecha, 8-yanvar kuni Buxoro savdo majmuasi hududida joylashgan kiyim-kechak doʻkonlarining birida juda nohush holat yuz berdi. Bu haqida “Potrebitel Buxara” Telegram-kanali xabar bermoqda.

Gap shundaki, Buxoro shahri markazida sobiq “Dilkusho” yopiq bozori oʻrniga qad rostlagan yuqoridagi koʻngilochar kompleksning birinchi qavatidagi “LC Waikiki” brendi ostidagi kiyimlar bilan savdo qiluvchi doʻkon yechinish xonasida Hindistondan kelgan yigit va qizning turli nomaqbul ishlar bilan shugʻullangani oydinlashdi.

Ikki mehmon yechinish xonasiga kirib olib, faxsh ishlarga berilganini sezgan doʻkon egalari zudlik bilan hudud profilaktika inspektori bilan bogʻlanishadi va juftlikka nisbatan qonunda belgilangan jazo berilishi taʼminlanadi.

Hammamizga maʼlumki, ayni kunlarda turli mamlakatlar jumladan, Hindiston va Pokistondan kelgan talabalarga Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat Tibbiyot institutida oʻqish jarayonida qatnashmoqda va ularni shahrimiz manzillarida uchratish mumkin. Katta ehtimol bilan qoʻlga tushgan juftlik ham ana shunday talalabalardan boʻlishlari ehtimoldan holi emas.

Xohlab qolardikki, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari shunga oʻxshash holatlar takrorlanmasligi uchun ham xorijiy talabalar bilan suhbatlar uyushtirib, yurish-turish qoidalarini yana bir bor ularga yodga solsa… Zero, sharif shahrimizga bunday ishlar bilan shugʻullangan talabalarga joy yoʻq.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.