Jahon

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev “Elboshi” maqomidan mahrum etildi

photo 1062

Loading

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Yelbashi to‘g‘risida” gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan, – deb topish haqida qaror qabul qildi. Tegishli me’yoriy-huquqiy qaror Konstitusion Sudning veb-sahifasida eʼlon qilingan.

2022-yil 5-iyul kuni Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan edi. O‘zgarishlardan biri — davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, shuningdek, unda ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanishiga imkon beruvchi moddaning bekor qilinishi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Nursulton Nazarboyevning millat yetakchisi maqomining o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi.

Mazkur o‘zgarishlar bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunlarini saqlab qolish uchun huquqiy asos mavjud emasligi, shu bois ular o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Qayd qilinishicha, Konstitusion Sudning normativ qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, shuningdek, u yakuniy, – deb hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2022-yilning yanvar oyida Qozog‘istonda gaz yonilg‘isi narxining keskin oshishi tufayli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, biroq tez orada iqtisodiy sabablar siyosiy sabablarga aylanib ketdi. Xususan, namoyishchilar Nursulton Nazarboyevdan siyosatni tark etishni talab qildi. Natijada sobiq prezident bir qator lavozimlaridan ayrildi va konstitutsiyaning yangi tahriridan unga tegishli barcha havolalar olib tashlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.