Buxoro yangiliklari
Cho‘lda yovvoyi quyon ovlagan 2 nafar fuqaro jazolandi
Kecha, 10-yanvar kuni internetda buxorolik noma’lum shaxsning o‘lik holatdagi 4 bosh yovvoyi quyonlar bilan rasmi tarqaldi. Mazkur vaziyatga huquqiy baho berish maqsadida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda IIB xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, Buxoro viloyati Jondor tumani O‘rta cho‘l hududidan havaskor ovchilar tomonidan haqiqatdan ham yovvoyi quyonlar ovlagan. Ularning ov yo‘llanmasi borligi lekin, yo‘llanmada quyon otish uchun ruxsat olinmaganligi oydinlashgan.
Ushbu holat yuzasidan 2 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90 moddasiga asosan 3 000 000 so‘mdan (jami 6 000 000 so‘m) jarima hamda 600 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi