Buxoro yangiliklari

Bugun, 12-yanvar kuni Gʻijduvon tumanidagi 14 ta mahallada tabiiy gaz taʼminoti nega toʻxtatilgani maʼlum qilindi

gas s

Loading

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Gʻijduvon tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Gʻijduvon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 12-yanvar kuni soat 08:30 dan 13:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Paxtaobod” mahallasi;
2. “Ayrton” mahallasi;
3. “Amirobod” mahallasi;
4. “Toshloq” mahallasi;
5. “Koʻkcha” mahallasi;
6. “Qorabogʻ” mahallasi;
7. “Sarvari” mahallasi;
8. “Poskati” mahallasi;
9. “Kalon” mahallasi;
10. “Olmazor” mahallasi;
11. “Tavariyon” mahallasi;
12. “Xalqobod” mahallasi;
13. “Qoraxoni” mahallasi;
14. “Baraka” mahallasi.

Bunga asosiy sabab, Shofirkon tumani hududida joylashgan va Gʻijduvon tumani aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlayotgan “Shofirkon 2” stansiyasida yuzaga kelgan avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.