Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrining aksariyat qismida elektr taʼminoti uzib qoʻyildi. U qachon qayta tiklanadi?

elec

Loading

Elektr taʼminoti qurilmalarida yuklamaning ortishi natijasida Buxoro shahri va viloyatning koʻpgina qismida elektr va gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Sovuq havo harorat tufayli quvurlarda gaz bosimining pasayishi, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning keskin ortishi kuzatilmoqda.

Xususan, bugun kun davomida koʻplab stansiyalarda yuzaga kelgan avariyalar bartaraf etildi.

Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular zarur transport vositalari, qo‘shimcha elektr va gaz qurilmalari zaxiralari bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari tarmoqlarda yuklamani kamaytirish hamda energiya resurslarini birinchi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.

Bundan tashqari, Buxoro shahri va tumanlar markazlaridagi ko‘cha yoritish chiroqlarining aksariyat o‘chirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yo‘naltirilmoqda.

Ayni damda Buxoro shahrida yuzaga kelgan elektr taʼminotidagi uzilish haqida toʻxtaladigan boʻlsak, aholi tomonidan sovuq ob-havo sababli, mazkur energiyaga boʻlgan talab oshgan va markaziy qurilmalarda yuklama oshib, avariyali holat yuzaga kelgan. Bu maʼlumotni Buxoro viloyati IIB huzurida tashkil etilgan maxsus shtab ham tasdiqladi.

Maʼlum boʻlishicha, hozida “Chinor”, “Avtoyoʻl kolleji 2” va “Olotxona” nomli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilishlar sodir boʻlganligi sababli, Buxoro shahrining quyidagi hududlarida uzilishlar mavjud:
1. “Bahouddin Naqshband” mahallasi;
2. “Istiqlol” mahallasi;
3. “Shodlik” mahallasi;
4. “Losha” mahallasi;
5. “Piridastgir” mahallasi.

Shuningdek, Kogon tumanidagi “Geofiziklar qoʻrgʻoni” hamda Buxoro tumanining ayrim hududlari ham elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlmoqda.

Mazkur avariyali holatlarni bartaraf qilish ishlari yakunlanmoqda va tez orada elektr taʼminoti Buxoro shahri boʻylab qayta tiklanishi taxminan soat 23:30 dan keyinga toʻgʻri kelmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.